Biznes uchun — buyurtma, katalog va savdo. Davlat va xususiy tashkilotlar uchun — xodimlar keldi-ketdisi, hisobotlar va tezkor aloqa. Hammasini Telegram ichida noldan quramiz, ishga tushiramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.
Tayyor shablon emas — biznesingiz qanday ishlasa, bot ham shunday ishlaydi.
Mijoz menyuni ko‘radi, buyurtma beradi, siz esa darhol xabar olasiz.
Mahsulot katalogi, qidiruv va buyurtmalar — onlayn do‘kon Telegram ichida.
Mahsulotlarni rasm va o‘lchamlari bilan ko‘rsating, ariza qabul qiling.
Sartaroshxona, klinika, o‘quv markaz — mijoz o‘zi vaqt tanlab yoziladi.
Bot ichida ochiladigan chiroyli ilova — sayt kabi, lekin yuklab olish shart emas.
G‘oyangiz bormi? Ichki tizim, hisobot boti yoki avtomatlashtirish — muhokama qilamiz.
Mijoz botdagi tugmani bosadi — ichida chiroyli ilova ochiladi. Hech narsa o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Mol goʻshti, yangi sabzavotlar va maxsus sous
Mijozingiz nimani ko‘rishini o‘zingiz his qiling: menyudan tanlang, savatga qo‘shing, stol band qiling va buyurtma bering — hammasi haqiqiy ishlaydigan demo ichida. Hech qanday ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Biznesingiz va nimani avtomatlashtirmoqchi ekaningizni @AppBotsUzbot’ga qisqacha yuborasiz.
Qanday funksiyalar kerakligini birga belgilaymiz, narx va muddatni kelishamiz.
Ishlaydigan namunani sinab ko‘rasiz, o‘zgartirishlar kiritamiz.
Serverga joylaymiz, xodimlaringizga o‘rgatamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.
Barcha murojaatlar @AppBotsUzbot orqali qabul qilinadi. Bu sizga ham, bizga ham qulay — hech bir xabar yo‘qolmaydi va javob tezroq keladi.
Har bir loyiha real biznes ehtiyojidan kelib chiqqan. Namunalarni botda so‘rab, sinab ko‘rishingiz mumkin.
Yirik tashkilot uchun yopiq ichki Telegram tizimi: xodimlar ma’lumotnomasi, kunlik hisobotlar, nazorat va tahlil — hammasi bitta botda.
Mehmon stoldagi QR-kodni skanerlaydi, menyudan tanlaydi — buyurtma darhol oshxonaga tushadi. Ofitsiant kutish, qog‘oz va adashishlarsiz.
Mahsulotlar galereyasi, narxlar va buyurtma arizalari menejerga.
Mahsulot kirim-chiqimi, qoldiq nazorati va hisobotlar.
Menyular orqali bosqichma-bosqich hujjat tayyorlab beruvchi bot.
Narx funksiyalar soniga bog‘liq: oddiy ariza botidan tortib, Mini App va kassa ekrani bo‘lgan to‘liq tizimgacha. Botga yozing — talablaringizni eshitib, aniq narx va muddatni aytamiz. Konsultatsiya bepul.
Oddiy botlar bir necha kunda, Mini App’li to‘liq tizimlar esa odatda 1–3 haftada tayyor bo‘ladi. Avval demo ko‘rsatamiz.
Muammo emas. Botni o‘z serverimizga joylaymiz va 24/7 ishlashini kuzatib boramiz — oylik texnik xizmat sifatida.
Ha. Admin panel orqali mahsulot, narx, rasm va aksiyalarni dasturchisiz o‘zingiz boshqarasiz.
Shunda har bir murojaat ro‘yxatga olinadi va jamoamiz uni tez ko‘radi. Botda xuddi oddiy chatdagidek yozishingiz, rasm va ovozli xabar yuborishingiz mumkin — javob ham shu yerga keladi.
Do‘kon, kafe yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lsin, davlat yoki xususiy tashkilot bo‘lsin — bizga bir xabar yozing, 15 daqiqalik bepul konsultatsiyada qanday yechim mos kelishini aytamiz.
Bepul maslahat olish